Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ingliz tilini shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etib, ishonch bilan va professional darajada so‘zlash darajasiga chiqishni istaysizmi? Zamonaviy sun’iy va emotsional intellekt imkoniyatlari aynan shu yo‘lda Sizning eng kuchli yordamchingiz bo‘la oladi

13.02.2026 1 daq o'qish 52

Ingliz tilini shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etib, ishonch bilan va professional darajada so‘zlash darajasiga chiqishni istaysizmi? Zamonaviy sun’iy va emotsional intellekt imkoniyatlari aynan shu yo‘lda Sizning eng kuchli yordamchingiz bo‘la oladi

Shu munosabat bilan 2026-yil 18-fevral kuni soat 12:00 da Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkaziladigan innovatsion workshopga taklif etamiz. Ushbu ilmiy-amaliy tadbir zamonaviy pedagogika, texnologiya va shaxsiy rivojlanish uyg‘unligiga bag‘ishlanadi.

Tadbir davomida malakali mutaxassis Feruz Akbarov tomonidan 2025-yilda AQSHda chop etilgan The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard kitobi asosida sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni, emotsional intellekt orqali nutq mahoratini oshirish va ingliz tilida tabiiy hamda ta’sirchan muloqot qilishning amaliy strategiyalari yoritib beriladi.

Workshop dasturidan:

AI vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar

O‘qituvchi va spiker sifatida “ovozingizni topish” texnikalari

Emotsional intellekt yordamida auditoriyani jalb qilish usullari

Real tajribalar va xalqaro amaliyot misollari

Mazkur workshop avvalroq Ozarbayjon Respublikasi, Panama TESOL, Sharja universiteti, Nordik xalqaro universiteti, shuningdek Namangan va Buxoro viloyatlarida muvaffaqiyatli tashkil etilib, yuzlab ingliz tili mutaxassislarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Agar Siz ham professional o‘sish, zamonaviy bilim va xalqaro tajribani o‘z faoliyatingizga tatbiq etishni istasangiz — ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Kelajak ta’limi bugundan boshlanadi.

Ulashish: