UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Dual ta’lim: “Yuksalish Mebel” zavodiga ilmiy-amaliy tashrif

05.05.2026 1 daq o'qish 1

Dual ta’lim: “Yuksalish Mebel” zavodiga ilmiy-amaliy tashrif

“Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi assistenti M.Ismailova va IR-224 guruh talabalari “Jahon siyosiy iqtisodiga kirish” fanidan “Yuksalish Mebel” zavodiga tashrif buyurdi.

Amaliyot davomida talabalar mebel ishlab chiqarishning loyihalash, xom ashyo tanlash, kesish, shakl berish, yig‘ish va pardozlash bosqichlarini ko‘zdan kechirdi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan dastgohlar va bo‘yash texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, ular mehnat xavfsizligi, o‘lchash aniqligi, material sifatini baholash, jamoada ishlash va mutaxassislar bilan muloqot qilish kabi muhim amaliy ko‘nikmalarni egalladi.

Ushbu dual ta’lim tashrifi talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlab, ishlab chiqarish, texnologiya va bozor talablari o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashda muhim omil bo‘ldi.

Ulashish: