2-bosqich talabalari bilan profilaktika inspektori Sh. Qurbonov hamda kompleans nazorati bo‘limi xodimi hamkorligida “Kiberxavfsizlik nima va undan qanday ogoh bo‘lish kerak?” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar internet tarmog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik holatlarining oldini olish va kiberxavflarga qarshi ongli munosabat bildirish kabi masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berishdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Tadbir jarayonida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish hamda raqamli dunyoda mas’uliyatli foydalanuvchi bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.