Imtihon jarayonlarining qonun talablari asosida, ochiqlik va xolislik tamoyillariga rioya etilgan holda o‘tishi ta’lim tizimida adolatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida komplayens nazorati xizmati xodimlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.
Komplayens xodimlari tomonidan imtihon jarayonlarining barcha bosqichlari doimiy ravishda kuzatib borilib, qonunbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek korrupsiyaga oid har qanday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan nazorat choralari amalga oshirilmoqda. Bu esa imtihonlarning xolis, adolatli va shaffof o‘tishiga xizmat qiladi.
Mazkur nazorat mexanizmi orqali barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratilmoqda, jamoatchilik ishonchi mustahkamlanmoqda hamda ta’lim tizimida sog‘lom va halol muhitni shakllantirishga erishilmoqda.