Xorijiy fuqarolarni mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish imtihoni bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 4-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yil 3-chorak uchun 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha xorijiy fuqarolarni mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish imtihoni tashkil etildi.
Imtihon universitetning qabul komissiyasi hamda mutaxassis professor-o‘qituvchilar ishtirokida belgilangan tartib asosida o‘tkazildi. Jarayonda nomzodlarning ilmiy salohiyati, tanlangan tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlari baholandi.
Imtihon jarayoni shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, jumladan xalqaro hamkorlar ishtirokida onlayn format elementlari orqali ham tashkil etildi.