Tayloq tumanida turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida umumta’lim maktablari va kasb-hunar muassasalarida davra suhbatlari, viktorinalar hamda turizm to‘garaklari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135 va PQ-269 sonli qarorlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 01-16-237-son chora-tadbirlar rejasining 199-bandiga muvofiq Tayloq tumanida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. Tarix va madaniy meros kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tumandagi 21-umumta’lim maktabida tashkil qilingan dars jarayonlari “Turizm salohiyatini rivojlantirish, qishloq turizmi imkoniyatlari va turizmda logistik xizmatlarning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Darsda tuman hududlarining tabiiy, madaniy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish, qishloq turizmi orqali bandlikni oshirish, milliy qadriyatlarni asrash va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinib, logistika tizimining turizmda tutgan o‘rni ham xususida ham ma’lumotlar berildi.
Yakunda ishtirokchilar “Yosh sayohatchilar” klubiga yangi a’zolarni jalb etish va amaliy ekskursiyalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.