2025-yil 29-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilari uchun sportga oid keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida stol tennisi, to‘p o‘yinlari, estafeta va boshqa sport turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. Bolalar va yoshlar ushbu musobaqalarda zo‘r ishtiyoq bilan qatnashib, o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.