Joriy yilning 6-oktabr kuni «Ipak Yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, tyutor Shoxrux Nurmatov tomonidan universitet talabalari uchun Samarqand shahridagi tarixiy joylarga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya doirasida talabalar Boqiy shahar majmuasining hunarmandchilik ustaxonalari, an’anaviy bozor va milliy san’at yo‘nalishlari bilan tanishdilar. Shundan so‘ng ular Registon ansamblidagi Ulug‘bek, Shyerdor va Tilla-Kori madrasalarining arxitekturasi hamda ularning tarixi haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ushbu tadbir talabalarda madaniy merosga bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirish, bilim olish hamda ilhomlanishga xizmat qildi.