Samarqand shahrining Hunarmandlar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Yakubjanov Hadiyatilloga tegishli bo‘lgan ijara xonadonlari mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida xonadonlarda yo‘ng‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi hamda mavjud sharoit bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida fuqarolarga maishiy elektr uskunalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzmaslik, shuningdek, yoqilg‘ilarni saqlashda belgilangan me’yorlarga rioya etish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, har bir xonadonda birlamchi yo‘ng‘in o‘chirish vositalari – o‘t o‘chirgichlar, suv yoki qum to‘ldirilgan idishlar mavjud bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Fuqarolarga yo‘ng‘in holati yuz berganda favqulodda vaziyatlar xizmatiga tezkor ravishda murojaat etish tartibi haqida ham ma’lumot berildi.
O‘rganish natijasida aholiyning yo‘ng‘in xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida profilaktik tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etib borish tavsiya etildi.
Bu kabi profilaktik ishlar mahalladagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, yo‘ng‘in holatlarining oldini olish hamda jamoatchilik orasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.