Ijtimoiy tarmoqlarda Turizm qo‘mitasi raisi nomini ishlatib soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar Turizm qo‘mitasi raisi Aqqulov Abdulaziz O‘rolboyevich nomini ishlatgan holda soxta ma’lumotlar tarqatishmoqda.
Foydalanuvchilarga turli messenjerlarning soxta sahifalaridan xabarlar kelmoqda. Ularning jo‘natuvchisi bevosita qabul qiluvchiga tegishli maxfiy ma’lumotlarni aniqlashtirish va go‘yoki vakolatli organlar sizga qiziqish bildirgan bahonasida SMS-dan kelgan kodni aytib berishni so‘ramoqda.
Firibgarlarga duch kelganingizda, ularga javob bermasligingizni va hech qanday ma’lumot yubormasligingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, Turizm qo‘mitasi raisi bu xabarlarning muallifi emas!
Hushyor va ehtiyotkor bo‘ling!