Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan universitetning profilaktika xodimi hamkorlikda 2-kurs talaba-yoshlari ishtirokida 11.11.2025 kunida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” mavzusi ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb etish masalasi targ‘ib etildi. Yoshlarning korrupsiyaga oid har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga aralashmaslik, qo‘l urmaslik hamda tegishli tashkilotlarga bu bo‘yicha ma’lumot yetkazish usullari o‘rgatildi.