Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi

05.02.2026 1 daq o'qish 39

Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025–2026 o‘quv yilining kuzgi semestrida o‘tilgan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur imtihonlar jarayonida talabalarning semestr davomida egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalari xolis hamda adolatli tarzda baholanmoqda.

Yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini ta’minlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari yordamida markazlashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Jarayon davomida akademik halollik qoidalariga qat’iy rioya qilinib, imtihonlarning belgilangan tartib asosida, yuqori saviyada o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Galereya

Ulashish: