Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Birinchi bosqich talabalari “Orientation Days” doirasida universitet odob-axloq kodeksi bilan tanishtirildi

24.09.2025 1 daq o'qish 58

Birinchi bosqich talabalari “Orientation Days” doirasida universitet odob-axloq kodeksi bilan tanishtirildi

2025-yil 24-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Days” tadbirlari doirasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalarga universitetning odob-axloq kodeksi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, talabalarning ta’lim jarayonida intizomga rioya etishi, o‘zaro hamda professor-o‘qituvchilarga hurmat ko‘rsatishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishi, kiyinish madaniyatiga amal qilishi, vaqtni samarali tashkil etishi va universitet nufuzini oshirishga faol hissa qo‘shishi kabi qoidalar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, odob-axloq kodeksi talabalarning nafaqat bilimli va malakali mutaxassis, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan mas’uliyatli shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Galereya

Ulashish: