“RAQAMLI INNOVATSIYALAR VA BARQAROR TURIZM” MAVZUSIDA FORUM BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 20-may kuni soat 10:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli innovatsiyalar va barqaror turizm” mavzusida forum tashkil etiladi. Mazkur forum turizm sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda barqaror turizm tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuxamedov tomonidan ochib berildi.Forum davomida turizm sohasi, hududiy rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, barqaror boshqaruv va innovatsion xizmatlar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Samarqand tuman “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik rekreatsion zonasi direktori Faridun Xotamov forumda spiker sifatida qatnashdi.Mazkur forum talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy-amaliy g‘oyalarni ilgari surish va barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.