UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizning to‘rt nafar professor-o‘qituvchisi ilmiy unvon va darajalarga erishdi

07.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetimizning to‘rt nafar professor-o‘qituvchisi ilmiy unvon va darajalarga erishdi

Bugun, 7-may kuni universitetimiz Senati yig‘ilishida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bo‘lgan to‘rt nafar professor-o‘qituvchiga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitetimizning ilmiy salohiyati yanada yuksalmoqda. Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan:

Nargiza Mansurova — Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, professor ilmiy unvoniga;

Odiljon Boynazarov — Madaniy meros kafedrasi mudiri, dotsent ilmiy unvoniga;

Munavvara Axrarova va Shahnoza Qodirova — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar.

Tantanali tadbirda universitet rektori Muhsinjon Xolmuhamedov ishtirok etib, ushbu yutuqlar nafaqat universitetning ilmiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi, balki yosh olimlar uchun muhim motivatsiya manbai ekanini ta’kidladi.

Rektor barcha taqdirlangan professor-o‘qituvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir yakunida ilmiy unvon va darajalarga erishgan to‘rt nafar pedagogga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Universitet jamoasi nomidan ushbu obro‘li ilmiy unvon va darajalarga erishgan barcha professor-o‘qituvchilarni chin qalbdan muborakbod etamiz!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmingiz yanada yuksalaversin!

Ulashish: