UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!

18.05.2026 1 daq o'qish 1

Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!

Bugun 18-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyoda ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida Garvard yetakchi yoshlar sammiti o‘z ishini boshladi.

Jahonga mashhur Garvard universiteti professori va iqtidorli talabalari qadim Samarqand zaminida yoshlar va ta’lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biriga start berdilar. Sammit “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi, Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR) va Istiqbolli Ta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan.

Ochilish marosimida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov va boshqa rasmiy shaxslar ushbu muhim voqea – aynan Samarqandda, buyuk Ipak yo‘li chorrahasida bo‘lib o‘tayotgani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ta’lim va xalqaro imkoniyatlar yaratish siyosatining jonli isboti ekanini alohida ta’kidladilar.

Sammitda Garvard universitetining 10 nafar yetakchi talabalari, mahalliy va xalqaro iqtisod, siyosat, ta’lim sohalaridagi taniqli spikerlar, shuningdek O‘zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar va universitet yoshlari ishtirok etmoqda.

Sammitning ochilishida Garvard va mahalliy talabalari o‘zlarini tanishtirgan holda turli loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar. To‘rt kun davom etadigan sammit ishtirokchilarni “Impact Challenge” loyihasida jamoaviy tarzda real muammolarga yechim topish, Garvard uslubidagi seminarlar, yetakchilik treninglari va “College Panels” suhbatlari kutmoqda. Eng muhimi, ular bevosita Garvard talabalari bilan fikr almashib, o‘z orzularini imkoniyatga aylantirish yo‘lida katta tajribaga ega bo‘ladilar.

Ulashish: