2025-yil 5-avgust kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida mahalla yoshlari va o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkil etildi. Maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirokidagi “Quvnoq startlar” sport musobaqasida turli estafeta o‘yinlari, jamoaviy bellashuvlar va qiziqarli sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bellashuv davomida yoshlarda jismoniy faollik, jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish, do‘stlik munosabatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar hamda g‘olib jamoalar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.