2025-yil 18-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi qiziqarli va zavqli sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mahalla o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Quvnoq startlar” tadbiri tashkil etildi. Tadbir universitet hovlisida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda ishtirokchilar turli sport o‘yinlarida, jumladan koptok o‘yinlari, estafeta musobaqalari va jismoniy faollikka yo‘naltirilgan sinovlarda qatnashdilar.
Sport tadbiri davomida yoshlar o‘z jismoniy salohiyatlarini namoyon etish barobarida, jamoaviylik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat muhitida birlashdilar. G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.