Joriy yilning 27-aprel kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-bosqich talabalariga universitet dekani N. Xushvaqtov tomonidan “Innovatsion fikrlash” mavzusida Kelajak soati rukni ostida ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Dars davomida talabalar innovatsion yondashuv, zamonaviy fikrlash va kelajakda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.
Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.