Joriy yilning 6-aprel kuni 2-bosqich talabalari uchun dekan N. Xushvaqtov tomonidan "Sohibqiron Amir Temur" mavzusida "Kelajak soati" rukni ostida ma’rifat darsi o‘tkazildi. Darsda Amir Temur hayoti, islohotlari va ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi. Talabalar savollariga javob olib, tarixiy bilimlarini mustahkamladilar. Dars vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixga hurmatni oshirishga xizmat qildi.