Universitetimizning bitiruvchisi Imomov Jahongir Yaponiyada grant asosida magistraturada ta’lim oladi.
Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan Vakayama universitetining magistratura bosqichiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bitiruvchisi Imomov Jahongir Turizm tadqiqotlari yo‘nalishiga grant asosida qabul qilindi.
Mazkur yutuq universitetimiz talabalari uchun xalqaro miqyosda keng imkoniyatlar mavjud ekanligini ko‘rsatib, yoshlarning ilm-fan va professional rivojlanish yo‘lida yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Talabamizga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz.