Germaniyalik jurnalist Christian Grosse universitetimiz mehmoni bo‘ldi
20-oktabr kuni universitetimizga germaniyalik jurnalist Christian Grosse tashrif buyurdi. U universitet faoliyati, ta’lim muhiti hamda turizm va madaniy meros sohalaridagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va universitetimiz haqida Germaniya gazetasida maqola tayyorlash maqsadida keldi.
Tashrif davomida Christian Grosse universitetimiz rektori bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasining faoliyati, asosiy yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan suhbatlashdi.
Shuningdek, mehmon uchun universitet bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiya davomida u universitetning infratuzilmasi, ta’lim jarayoni va faoliyati bilan tanishdi. Christian Grosse universitetning faoliyati va salohiyatiga katta qiziqish bildirdi.
Ekskursiya davomida mehmon universitet devorlarini bezab turgan tarixiy obidalar suratlari hamda milliy liboslarimizga bag‘ishlangan ekspozitsiya bilan ham tanishdi va “Sizlarning universitetingiz tom ma’noda muzey ekan!” - deb o'z taassurotini ifoda etdi.