Universitetimizning bitiruvchi 4-kurs talabasi Sharipova Shaxinabonu xorijda grant asosida magistraturada ta’lim oladi.
QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning TOP–128 oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan Sapienza University of Rome magistratura bosqichiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 4-kurs talabasi Sharipova Shaxinabonu grant asosida qabul qilindi.
Mazkur yutuq universitetimiz talabalari uchun xalqaro miqyosda keng imkoniyatlar mavjud ekanligini ko‘rsatib, yoshlarning ilm-fan va professional rivojlanish yo‘lida yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Talabamizga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz.