Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi guruhi yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi

02.09.2026 1 daq o'qish 292

Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi guruhi yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan “Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi”ning navbatdagi 7-guruh tinglovchilari to‘rt oylik ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy imtihonlarni topshirdilar.

Imtihonlar davomida tinglovchilar egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va ekskursiya olib borish mahoratini soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari oldida namoyish etdilar.

Ta’lim jarayoni davomida universitet professor-o‘qituvchilari, tajribali gidlar va turizm sohasi mutaxassislari tomonidan mashg‘ulotlar olib borildi.

Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi turistik obyektlarda amaliy darslar tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar kursning 6 ta guruhini 132 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tamomlab, turizm sohasida gid sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Galereya

Ulashish: