Bu global ensiklopediya 1960–2020 yillar oralig‘idagi dunyo bo‘ylab faoliyat yuritgan, lekin ko‘pincha yetarlicha e’tirof etilmagan ayol arxitektorlarning hayoti va merosini yoritadi. Ensiklopediyada Garvard universiteti tadqiqotchisi, PhD doktor Dilrabo Tosheva tomonidan tayyorlangan maqolalar alohida o‘rin tutadi. U o‘z tadqiqotlari orqali Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi ayol arxitektura peshqadamlarini jahon ilm ahli e’tiboriga olib chiqmoqda.
"Tarix va madaniy meros" kafedrasi professori, fan doktori Mavlyuda Yusupova haqidagi maqolaning ushbu ensiklopediyada o‘z aksini topgani katta voqelikdir. Professor Mavluda Yusupova — O‘zbekiston tarixidagi birinchi ayol arxitektura professori, arxitektor-restavrator sifatida yurtimiz me’moriy merosini asrashga ulkan hissa qo‘shgan yetuk olimadir.
Universitetimiz jamoasi professor Mavluda Yusupovani ushbu e’tirof bilan chin qalbdan tabriklaydi! U kishining ilmiy sadoqati va madaniy merosga bo‘lgan mehri barcha soha vakillari uchun ilhom manbai bo‘lib qoladi. 🌟
📖 Ensiklopediya bilan tanishing:
🔗 Bloomsbury Global Encyclopedia of Women in Architecture, 1960–2020