28-aprel, 1-may kunlari viloyat hokimi A.Boboyev tomonidan tashkil qilingan viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o'tkazildi.
Bugun 29-aprel kuni universitetimizda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”ga Narpay tumanidagi maktablarning 300 nafar bitiruvchisi tashrif buyurdi.
Bitiruvchilari universitet faoliyati va ta’lim jarayonlari bilan tanishishdi. Mehmonlarga oliy dargohda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.