Bugungi kunda umumta’lim maktabi bitiruvchilarning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga bo‘lgan qiziqishi baland. Buni Samarqand shahridagi 42-maktabining 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilarining universitetga tashrifidan ham bilish mumkin.
Universitetimizga kelgan maktab o‘quvchilarini Qabul va marketing bo‘limi mas’ul xodimlari tanishtirish bilan birga oliygoh haqida to‘liq ma’lumotlar berishdi. O‘quvchilar oliygoh bilan tanishib o‘z orzu istaklarini shu universitet bilan bog‘lashi haqida gapirishdi.