2026-yil 26-yanvar kuni viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bir guruh bitiruvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida yoshlar universitetning ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv chog‘ida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi. Ayniqsa, turizm, madaniy meros va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi zamonaviy ta’lim dasturlari yoshlar e’tiborini tortdi. Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish natijasida o‘quvchilar orasida ushbu oliy ta’lim muassasasiga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi.
Shuningdek, talabalar kelajakda qaysi yo‘nalishda tahsil olib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari mumkinligi borasida universitetning Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i O. Rustamovdan batafsil ma’lumot oldilar. Mazkur tashrif yoshlarning kelajak kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.