Talabalarga moliyaviy boshqaruv yuzasidan mehmon ma’ruzasi tashkil qilindi
Bugun universitetimizda Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi F.Mamadiyorov taklifiga asosan “Azizon mahsulot servis” MCHJning moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori U.Umarov talabalar uchun ilmiy-amaliy mehmon ma’ruzasini o‘tkazdi.
Ma’ruza “Zamonaviy moliyaviy boshqaruv va aylanma mablag‘larni boshqarish: ‘Azizon’ MChJ misolida” mavzusiga bag‘ishlandi. U.Umarov kompaniya tajribasiga asoslangan holda moliyaviy jarayonlarni samarali tashkil etish, aylanma mablag‘larni optimallashtirish va zamonaviy boshqaruv usullari haqida qimmatli amaliy bilimlarni talabalar bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’ruza davomida eng qiziqarli 3 ta savol bergan talabalar mehmon tomonidan alohida e’tirof etildi. Mehmon 3 nafar faol talabaga kitoblar tuhfa qildi.