Bayramingiz muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum, jamoamizning qaddi va qadri baland erkaklari! Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug' sana - 14-yanvar O'zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Ushbu qutlug' ayyom xalqimizga xos bo'lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. Bilamizki, Vatanimiz sarhadlarini qo'riqlash, tinchligini saqlash - har bir erkakning muqaddas burchidir. Sizdek himoyachilarimiz bor ekan, biz tinch-osoyishta yashaymiz va ertangi kunimizga ishonch bildiramiz.
Har bir kuningiz omadli, har bir gadamingiz munosib, har bir so'zingiz zalvorli, har bir harakatingiz ishonchli bo'lsin. Xalqimizda
"Yigit omon bo'lsa, qo'rg'on salomat" degan gap bor. Shunday ekan, doimo bu oltin boshingiz toshdan bo'lsin, biz ojizalarni doimo himoya qilishga hozir-u nozir boling. Yurtimizda mard, oriyatli o'g'lonlar borki, biz xotirjammiz. Unutmangki, biz sizlar bilan doim faxrlanib yuramiz.
Hurmat bilan universitet Xotin-qizlar Kengashi a'zolari.