"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori Sh.Zayniddinova boshchiligida yoshlar kreativ bog‘ida talabalar bilan o'tkazilgan sport tadbirlari yuqori kayfiyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi muhitda o‘tkazildi.
Ishtirokchilar ochiq havoda turli jismoniy mashqlar, yugurish, jamoaviy o‘yinlar va qiziqarli sport musobaqalarida faol qatnashdilar.
Mazkur sport mashg‘ulotlari yoshlarning nafaqat jismoniy chiniqishiga, balki jamoada ishlash, do‘stona muhitni mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishiga xizmat qildi.
Har bir ishtirokchi o‘zida ijobiy energiya olib, sog‘lom hayot sari yana bir qadam tashladi.
Yoshlar kreativ bog‘idagi bunday sport tadbirlari kelajakda ham davom etib, yoshlarning faol va sog‘lom bo‘lishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.