Garvard uslubidagi “Impact Challenge” yoshlarda strategik fikrlash va ijtimoiy ta’sirchanlikni kuchaytirdi
Garvard yetakchi yoshlar sammitining ikkinchi kuni ilmiy-munozaraviy faoliyatga boy bo‘ldi. Sammitning birinchi yarmida Garvard universiteti professori MARIAN TAYLOR BROWN va uning Garvard talabalaridan iborat jamoasi “Impact Challenge” mashg‘ulotlari doirasida mahalliy universitet talabalari hamda maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv oddiy suhbatdan tashqariga chiqib, qariyb 2 soat davom etgan jonli bahs, savol-javoblar va ilg‘or mavzular bo‘yicha strategik munozaralarga aylandi.
Professor MARIAN TAYLOR BROWN va uning jamoasi tomonidan boshqarilgan sessiyalarda ishtirokchilar — har bir mavzu va muammoli savollarga Garvardcha analitik yondashib, dalillangan, tanqidiy va yechimga qaratilgan fikrlarni ochiq ifodalashdi. Eng muhimi, “Impact Challenge” mashg‘ulotlari panel sessiyalar shaklida tizimli tashkil etilgan bo‘lib, bu yoshlarning guruhli fikrlash, jamoada murakkab masalalarni yechish va real muammolarga ta’sirchan yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirdi.
“Impact Challenge” mashg‘ulotlari kunning ikkinchi yarmida ham davom etadi.