Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan "Yoshlarni eshitamiz" yarmarkasida "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur yarmarka doirasida talabalarimiz oʻzlarining innovatsion gʻoyalari, ijtimoiy loyihalari va madaniy-maʼrifiy tashabbuslari bilan qatnashib, yoshlarning ijtimoiy faolligini namoyon etmoqda. Tadbir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotlar, turli seminar-treninglar va koʻrgazmalar tashkil etilib, ularga oʻz salohiyatini namoyish etish imkoniyati yaratildi.
Universitetimiz talabalari bunday yarmarkalarda muntazam ishtirok etish orqali nafaqat oʻz bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishmoqda, balki jamiyatda faol, tashabbuskor va yetuk shaxs sifatida shakllanib borayotganliklarini yana bir bor isbotlamoqda.