"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Tarix va madaniy meros kafedrasi v.b dotsenti Xushvaqtov Nodir tomonidan 1-bosqich talabalari uchun "Kelajak soati "rukni ostida Ma'rifat darsi tashkil etilib, ushbu dars “O‘zbekiston qahramonlari” mavzusida bo'lib o'tdi. 🇺🇿
Dars jarayonida Vatanimiz ravnaqi, mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan qahramonlar, ularning jasorati, matonati va tarixiy xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir qahramonning hayot yo‘li yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, ajdodlarimizning boy merosi hamda ularni asrab-avaylash mas’uliyati haqida fikr yuritildi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashib, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Mazkur dars yoshlar qalbida vatanparvarlik , milliy g‘urur, tarixga hurmat va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.