YUKSAK E’TIROF
Osiyo Taraqqiyot Banki mas’ullari talabalarimizni yuksak darajada eʼtirof qilishdi
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich nomiga rasmiy MINNATDORCHILIK MAKTUBI keldi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Kotibiyati xodimi Michael Julius Rubio tomonidan universitet Rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich nomiga yoʻllangan rasmiy Minnatdorchilik maktubida OTBning 59-yillik Boshqaruvchilar Kengashi yigʻilishida faol qatnashgan bir guruh talabalarimiz faoliyatiga yuksak baho berilgan.
Mazkur nufuzli tadbir joriy yilning 3–6-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Unda universitetimizning 150 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi. Xususan toʻrt nafar iqtidorli talaba — Ishboyeva Ozoda, Baymuratova Nilufar, Norqulova Obida va Asqarova Parizoda OTB Boshqaruvchilari – yaʼni bankning asosiy aktsiyadorlari ishtirok etgan eng muhim sessiyalardan birida koʻngilli yordamchi sifatida xizmat qildi.
Xatda qayd etilishicha, ushbu talabalarimiz masʼuliyatli vazifalarni bajarishda professional va eʼtiborli boʻlib, tafsilotlarga ahamiyat qaratgan, har doim xushyor va tayyor holatda ishlagan. Ular OTB rahbarlarining oʻz joylariga joylashishida faol yordam bergan, ishonch va yuqori saviyaga ega ekanliklarini namoyish etgan.
Michael Julius Rubioning taʼkidlashicha, talabalarning kasbiy mahorati va odob-axloqi universitet obroʻsiga munosib hissa qoʻshgan va ularning kelgusidagi akademik hamda kasbiy faoliyatlariga omad tilaydi.
Universitetimiz jamaosi ushbu yuksak e’tirof bilan talabalarimizni muborakbod etamiz.