Bugun 14-oktabr kuni universitetimiz tyutori boshchiligida “Ajdodlarni yod aylab” shiori ostida MAN 124 va MAN 224 guruh talabalari bilan birgalikda, chuqur ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeyga tashrif uyushtirildi. Bu tashrifning maqsadi — yoshlar qalbida unutilgan tarixiy haqiqatlar, og‘ir sinovlar va xalqimizning jasorat namoyandalari haqida bilim va tushunchalarga ega bo‘lishdan iborat.
Ushbu muzeyda so‘ronli yillarda xalqimizning eng bilimli va zukko ajdodlarining qatag‘on qilinishi, unga oid ayrim hujjatlar, asarlar va suratlar saqlanib kelinmoqda. Universitetimiz talabalari ushbu muzeydagi tarixiy manbalar orqali yana bir bor o‘tmishga, so‘ronli yillarga nazar solish imkoniga ega bo‘ldilar.