25.08.2026
1 daq o'qish
246
Universitetimizda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yil 25-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yilida masofaviy ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi.
Jarayon davomida talabgorlarga tanlagan yo‘nalishlari va oliy ta’limni davom ettirishdan ko‘zlagan maqsadlari yuzasidan savollar berilib, ularning sohaga oid fikrlari va qarashlari tinglandi.
Shuningdek, suhbat jarayonlari to‘liq videokuzatuvga olindi va kuzatuvchilar uchun onlayn kuzatuv imkoniyati tashkil etildi. Mazkur jarayon universitetda qabulning shaffofligi, xolisligi va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
Suhbat natijalari:
#qabul