2025-yil 25-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun gimnastika hamda atletika bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlarda yoshlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy chiniqish va sport madaniyatini rivojlantirishga oid bilim va ko‘nikmalar berildi. Tadbir davomida qatnashchilar turli mashqlarni bajardilar, jismoniy faollikning inson salomatligidagi ahamiyati haqida tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va irodaviy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishdi.