Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, 2025-yil 26-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan badminton bo‘yicha sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilariga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar berildi..
Ushbu tashabbus Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning ikkinchi yo‘nalishi — yoshlarni sportga jalb qilish g‘oyasiga hamohang holda amalga oshirildi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va ularni zararli odatlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ipak yo‘li” universitetida yoshlar salomatligi va ma’naviy tarbiyasiga qaratilgan mazmunli loyihalar kelgusida ham davom ettiriladi.