2025-yil 29-maydagi 203-sonli Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining topshiriq xatidagi 6-band ijrosi yuzasidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil qilish maqsadida Samarqand shahridagi "Erudit" o'quv markazi, "Tashkent International school" o'quv markazi bitiruvchilari, Samarqand Iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi bitiruvchilari bilan xorijlik ustoz va magistrlar uchrashuvi tashkil qilindi.
Tadbirda universitet haqida batafsil ma’lumotlar berilib, oliygoh kelajagi bitiruvchilarning ishga joylashishi xususida aytildi. Bundan tashqari talabalarni kasb tanlash, amaliyot o‘tash va bandlik masalalari boʻyicha ham maslahatlar zarur fikrlar bildirildi.