UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Prezidentimizning PQ-60-son qaror ijrosini ta’minlash yo‘lida

14.10.2025 1 daq o'qish 1

Prezidentimizning PQ-60-son qaror ijrosini ta’minlash yo‘lida

Joriy yilning 14-oktabr kuni “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60-son qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “Ohalik-Oqboʼyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat koʼrsatuvchi xodimlar uchun universitet tomonidan ishlab chiqilgan oʼquv dasturiga muvofiq “Turizmda xizmatlar va mahsulotlar” mavzusida 7 soatlik maxsus oʼquv seminari tashkil etildi. Seminarda turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan hudud mahallalar raislari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar hamda rekratsion zonada faoliyat olib boradigan xodimlardan iborat jami 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Seminarlar universitet Turizm kafedrasining yuqori malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ulashish: