04.06.2025
1 daq o'qish
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda O'zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o'rganishni keng targ'ib qilish orqali turistlar oqimini ko'paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-19-son qarorining 14-bandi ijrosi yuzasidan
2025-yilning 3-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti fransuz tili oʻqituvchisi D.Mirbabayeva bir guruh talabalar bilan birgalikda Samarqand shahridagi “Alliance Française de Samarcande” markazida bo‘lishdi va bu yerda O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlariga bag'ishlangan “O‘zbekiston va Fransiya: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida birgalikda” mavzusidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.