2024/2025 o‘quv yilining ikkinchi semestrida Germaniyaning nufuzli Ebersvalde “Barqaror Rivojlanish Universiteti” professori Nicole Haeusler tomonidan universitetning birinchi va ikkinchi bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Qualitative Research Methods in Tourism” va “Sustainable Destination Management” kurslari tashkil etildi.
Kurslar davomida talabalar turizm sohasida tadqiqot olib borish metodlari va ularning dolzarbligi, barqaror turizmni rivojlantirish istiqbollari, turistik destinatsiyalar, ularni rivojlantirish va boshqarish kabi dolzarb mavzularda bilimlarini mustahkamlab olishdi.