Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida “Yuksak ehtirom” nomli ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz “Turizm” kafedrasi assistent-o‘qituvchi hamda mustaqil izlanuvchisi Muslima Amiriddinova ham yosh ilmiy tadqiqotchi sifatida e’tirof etilib, taqdirlandi. Uning ilmiy ishi tanlovning ilmiy kengashi tomonidan ma’qullangani sababli, MDH miqyosida tashkil etilgan "Scientific Academy" ilm-ma’rifat markazining 2025-yil 18-iyundagi 65-sonli buyrug‘iga asosan "YUKSAK EHTIROM" xalqaro esdalik ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.Ushbu muvaffaqiyat, o‘qituvchimizning ilmiy izlanishlari va innovatsion yondashuvlari natijasidir. Muslima Amiriddinovaning muvaffaqiyati yangi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Universitetimiz jamoasi nomidan o‘qituvchimizni muborakbod etamiz!