O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida grantlar qayta taqsimlash boʻyicha akademik o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash bo’yicha komissiya va Ijtimoiy faollikni aniqlash bo’yicha komissiya tomonidan talabgorlarning aniqlangan ko‘rsatkichlari e’lon qilinmoqda.
Grantlarga talabgorlarning talabgorlar oʻzlarining natijalarini https://kontrakt.edu.uz/ platformasidagi “Grandga talabgor arizasi”dan ko’rib olishlari mumkin.
Natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar e’lon qilingandan so‘ng 48 soat davomida universitetning grantlarni qayta taqsdiqlash bo’yicha maxsus veb-saytidagi shaxsiy profillari (https://grant.univ-silkroad.uz/uz) orqali apellyatsiya berishlari mumkin.