Intellektual jang: “Brain Game” aql o‘yini talabalar bilimini sinovdan o‘tkazdi
Garvard yetakchi yoshlar sammitining birinchi kunining ikkinchi yarmida haqiqiy bilimlar bahsi o‘tkazildi. Garvard talabalari jamoasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining saralangan eng bilimdon talabalari o‘rtasida “Brain Game” — ya’ni Aql o‘yini tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari aniq, ijtimoiy va gumanitar fanlar doirasidagi murakkab savollar bilan yuzma-yuz keldi. Tahlil va mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi mazkur savollar ishtirokchilarni chuqurroq mushohada qilishga undadi.
Dastlab universitetimiz jamoasining qo‘li ustun keldi, bahs qiziganda, Garvard talabalarining tajribasi va tezkor fikrlashi o‘z samarasini berdi. Uch raund davom etgan shiddatli raqobat yakunida umumiy hisob 2:1 bo‘lib, g‘alaba Garvard jamoasiga nasib qildi.