Turizm akademiyasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda qator tashkilotlar ishtirokida “Ta’lim va kasb” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada 60 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Polsha va Qozog‘iston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari qatnashib, Samarqanddagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda abituriyentlarga ta’lim dasturlari xususidagi ma’lumotlarini taqdim etishdi. Ko‘rgazmada universitetimiz burchagi tashkil qilindi va oliygohga tegishli flayerlar, targ‘ibot materiallari bitiruvchilarga taqdim qilindi. Ahamiyatlisi, yoshlar o‘rtasida universitetimizda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish ancha yuqori.