UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xalqaro Xitoy tili kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tarix va madaniy meros kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.

14.05.2025 1 daq o'qish 1

Tadbir doirasida Shimoli-G‘arbiy universitet madaniy meros maktabidan tashrif buyurgan mutaxassislar “Xitoy arxeologiyasi va madaniy merosni asrash” mavzusida bir qator akademik ma’ruzalar taqdim etdilar.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi

Ma Jian, Shimoli-G‘arbiy universitet madaniy meros maktabi dekani, “Xitoy arxeologiyasining nazariy asoslari, usullari va zamonaviy texnologiyalari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Professor Ma Jian tomonidan taqdim etilgan ma’ruza

Liu Cheng, Shimoli-G‘arbiy universitet madaniy meros maktabi professori, “Madaniy yodgorliklarni asrashdagi zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar” mavzusida ma’ruza qildi.

Li Yue, Shimoli-G‘arbiy universitet madaniy meros maktabi dekani o‘rinbosari, “Qadimgi Xitoyda otlarning jamiyatdagi o‘rni va ulardan foydalanish” mavzusida ma’ruza taqdim etdi.

Ulashish: