Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi, Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi hamda Germaniyaning nufuzli ta’lim muassasasi — Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning ilk natijasi sifatida ushbu texnikumlarning 10 nafar talabasi 1-iyul kuni Germaniya Respublikasiga amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi.
Ular Germaniyadagi “Nordsee Kollektiv” mehmonxonalarida mehmonxona sohasida amaliyot o‘tashadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston professional ta’lim tizimida xalqaro amaliyotni ilk bor amalga oshirish tajribasini yaratdi. Kelgusida boshqa texnikumlarda ham bunday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.