UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi

30.06.2026 1 daq o'qish 1

Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi

oriy yilning 30-iyun kuni Samarqand shahrida Birodar shaharlar alyansi tashabbusi bilan "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
Tadbirda "Siz Samarqandning birodar shaharlarini bilasizmi?" tanlovi g‘oliblari, ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijiy talabalar, yoshlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Pres-tur doirasida ishtirokchilar Samarqandning tarixiy-me’moriy obidalari, boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilma obyektlari va turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga Samarqand shahrining dunyoning 30 dan ortiq shaharlari bilan o‘rnatilgan birodarlik aloqalari, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar hamda yoshlar almashinuvi dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xalqaro ta’lim salohiyati, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari taqdim etildi. Mazkur taqdimot Birodar shaharlar alyansi doirasida universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va xorijiy yoshlar orasida uning nufuzini oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, tadbir yakunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Birodar shaharlar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda universitet taqdimotlarini tashkil etish, birodar shaharlarda universitet faoliyatini keng targ‘ib qilish, xorijdagi vatandoshlarimiz farzandlarini universitetga o‘qishga jalb etish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu hujjat ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, universitetning xorijdagi nufuzini oshirish hamda akademik almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ulashish: